Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasining xabariga ko`ra, "G`ishtko`prik" chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qo`l yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazilgan.
Natijada fuqaroning qo`l sumkasi ichidan yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, jami 837 000 Rossiya rubli naqd xorijiy valyutasini olib o`tayotganligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma`lumot o`rnida, amaldagi tartiblarga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda doimiy yashash joyiga ega bo`lgan va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga 100 million so`m ekvivalentiga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.






