AsosiyJamiyat

Chinozda ochiq er maydonida yong`in sodir bo`ldi

'Chinozda ochiq er maydonida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

21 iyun kuni soat 20:43 da Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi fermerlar uyishmalarining biri hududida taxminan 3 gektar g`alladan bo`shagan er maydoni yongan.  Holat yuzasidan FVV axborot xizmati ma`lumot taqdim etdi. 

Aytilishicha, voqea joyiga 1 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 21:00 da etib borib, yong`in soat 21:15 da o`chirilgan.  

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar