AsosiySport
3733

“Real” Ronaldu bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytiradi

“Real Madrid” jamoasi rahbariyati hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan amaldagi shartnomasini uzaytirib, uning yillik maoshini oshirmoqchi. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri xabar bermoqda.

Portugaliyalik 31 yoshli futbolchining agenti Jorje Mendesh yangi shartnoma bo`yicha “Qirollik klubi” vakillari bilan muzokara olib bormoqda.

Agar tomonlar o`zaro kelishuvga kelsa, Ronalduning bitimi 2021 yilgacha uzaytirilidi. Uning yillik maoshi esa 23 million evro qilib belgilanadi.

Boshqa yangiliklar