O`zbekiston tashqi ishlar vazirining o`rinbosari G`ayrat Fozilov Vilyus shahrida (Litva) «UZ Euro Trade House» O`zbekiston savdo uyining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi, deya xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Tantanali marosimda Litva hukumati, jamoat va ishbilarmon doiralari, ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etdi.
Tadbirda O`zbekiston va Litva o`zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish uchun salmoqli salohiyatga ega ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. O`zaro savdoni faollashtirishga xizmat qiladigan ushbu mexanizmning ishga tushirilishi O`zbekiston va Litva o`rtasidagi aloqalarning har tomonlama rivojlanib borayotganining yorqin ifodasi ekanligi ta`kidlandi.
Qayd etilganidek, savdo uyining ishga tushirilishi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o`rtasidagi amaliy sheriklik va natijaga yo`naltirilgan mazmunli muloqotni sezilarli darajada faollashtirishi shubhasiz.