AsosiySport
4054

“Real” yarim himoyachisi dunyodagi eng boy germaniyalik futbolchi bo`ldi

“Real Madrid” jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos futbol tarixidagi eng ko`p maosh oluvchi germaniyalik futbolchiga aylandi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda .

Kroos madridliklar bilan 2022 yilgacha mo`ljallangan shartnoma imzoladi. Avval xabar berganimizdek, uning yillik maoshi 20 million evro tashkil etadigan bo`ldi. Uning oldinga maoshi yiliga 10,9 million evrni tashkil qilgan.

26 yoshli Toni Kroosdan keyin eng ko`p maosh oluvchi futbolchilar ro`yxatidan “Bavariya” forvardi Tomas Myuller (15 mln. evro), “MYu” yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger (14 mln. evro) va “Manchester Siti” xavbeki Ilkay Gyundogan (12 mln. evro) joy olgan.

Boshqa yangiliklar