AsosiyDunyo

Fransiyada tartibsizliklar boshlanganidan beri 2,4 ming kishi hibsga olindi

'Fransiyada tartibsizliklar boshlanganidan beri 2,4 ming kishi hibsga olindi'ning rasmi

Fransiya polisiyasi va jandarmlari mamlakatda tartibsizliklar boshlanganidan beri 2,4 mingga yaqin odamni hibsga oldi. Bu haqda fransuz ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Fransiyada 28 iyunga o`tar kechasi 31 kishi, 29 iyun kuni 182 kishi, keyingi kuni 875 kishi va 1 iyul kuni 1311 kishi hibsga olingan. Mamlakat bo`ylab jami 2399 kishi hibsga olingan.

1 iyulga o`tar kechasi Fransiya rasmiylari 30 iyunga o`tar kechasidagidan ko`ra ko`proq kuch ishlatgan. Xususan, ko`chalarda xavfsizlikni ta`minlashga 45 ming nafar polisiyachi jalb qilingan. Bundan tashqari, rasmiylar milliy jandarmning 18 ta bronetransportyordan iborat zirhli guruhidan foydalanishga qaror qilgan.

Bezorilar bilan to`qnashuvda 79 nafar polisiyachi va jandarm yaralangan. Shuningdek, kecha tunda 1350 ta avtomobil yoqib yuborilgan, 234 ta bino zarar ko`rgan.

Shanbaga o`tar kechasi eng yirik tartibsizliklar Marsel, Lion, Sen-Eten, Tuluza, Bordo, shuningdek, Sen-Denida bo`lib o`tgan.

 


 

    Boshqa yangiliklar