AsosiyDunyo

Qozog`iston tabiblarni rasman tan olishi mumkin

'Qozog`iston tabiblarni rasman tan olishi mumkin'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tabiblarni rasman tan olmoqchi. Bu haqda “Press.kz” xabar berdi.

Sog`liqni saqlash vazirligining sobiq rahbari Eljan Birtanovning Facebook'dagi postiga ko`ra, mazkur chora davlat yuridik shaxslari tomonidan taqdim etiladigan malaka darajasi, sifati va ish sharoitlariga qo`yiladigan talablarni aniqlashga qaratilgan.

“Bunday yondashuv tom ma`noda mo``jiza va dalillar bazasiga ega bo`lmagan boshqa vositalar yordamida kasalliklarni davolashga imkon berishini anglatadi”, deyiladi nashr xabarida.

Boshqacha aytganda, professional standart an`anaviy tibbiyot sohasini nazorat qilish va kadrlarni boshqarish sohasidagi keng ko`lamli vazifalarni hal qilish imkonini beradi.

Shuni ta`kidlash kerakki, Sog`liqni saqlash vazirligining hujjatida shifolashning ko`plab atama va ta`riflari qo`llaniladi, bu ularning dalillarga asoslangan tibbiyot bilan aloqasi bo`yicha bir qator savollar tug`diradi. Masalan quyidagi atamalar:

  • Apiterapiya - asalari va asalarichilik mahsulotlari bilan davolash.
  • Biologik faol nuqtalar - bu asab tugunlari, tegishli chuqur to`qimalar va organlarning proeksiyasi bo`lgan tana sirtining joylari.
  • Biorezonans terapiyasi bemorning o`zi elektromagnit tebranishlar spektrini ishlatadigan biofizik usuldir.
  • Tabib - kasallikni mo``jizaviy tarzda davolaydigan odam.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar