AsosiyDunyo

Meksikada shahar meri timsohga uylandi

'Meksikada shahar meri timsohga uylandi'ning rasmi

Meksikaning Oaxaka shtatidagi San-Pedro-Uamelula shahri meri Viktor Gyugo Sosa o`z xalqiga omad olib kelish uchun timsohga uylandi. Bu haqda Agence France Pressega tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

"Bir kishi an`anaviy marosimning bir qismi sifatida timsoh ayoliga uylandi. Bunday "nikoh" bilan aholi xudolarni tinchlantirishi mumkin, shunda ular yomg`ir, yaxshi hosil, tinchlik va osoyishtalikni ta`minlaydilar", - deyiladi xabarda. 

Sudralib yuruvchi Alisiya Adriana deb nomlangan.

“Men mas`uliyatni o`z zimmamga olaman, chunki biz bir-birimizni sevamiz. Muhimi shu. Sevgisiz nikoh bo`lmaydi...”, — dedi shahar hokimi.

Qayd etilishicha, marosim davomida timsohning og`zi arqon bilan bog`langan.

 

    Boshqa yangiliklar