AsosiyDunyo

Fantastik filmlardan ilhomlangan AQSh kompaniyasi haqiqiy uchar mashinani yaratdi(video)

'Fantastik filmlardan ilhomlangan AQSh kompaniyasi haqiqiy uchar mashinani yaratdi(video)'ning rasmi

AQSh kompaniyasi fantastik filmlardan ilhomlanib, haqiqiy uchar mashinani yaratdi. Alef Aeronautics uchar mashinasi Federal aviasiya ma`muriyatidan (FAA) maxsus parvozga yaroqlilik sertifikatini oldi, ya`ni kompaniyaga avtomobilni yo`lda va havoda sinovdan o`tkazishga ruxsat berilgan.

To`liq elektr avtomobil 320 km masofani zaryadsiz bosib o`ta oladi. U oddiy garajga sig`adi, vertikal ravishda ham 180 kmgacha ucha oladi. Shuningdek, vodorod bilan ishlaydigan versiyasi ham bo`ladi. Alef Aeronautics avtomobilning panoramali ko`rinishni ta`minlagan holda tirbandliklardan qochish, istalgan yo`nalishda uchish qobiliyatini reklama qiladi.


Uning narxi 300 ming dollar atrofida bo`lishi kutilmoqda. Kompaniya avtomobilni o`tgan yilning oktyabr oyida taqdim etgan edi. Ma`lum qilinishicha, allaqachon ushbu mashina uchun oldindan ko`p sonli buyurtmalar olingan.

    Boshqa yangiliklar