AsosiyDunyo

Yaponiya ikki million kishini evakuasiyaga tayyorlamoqda

'Yaponiya ikki million kishini evakuasiyaga tayyorlamoqda'ning rasmi

To`xtovsiz yomg`ir yog`ishi oqibatida Yaponiya janubidagi Kyusyu viloyati hukumati bir necha hudud evakuasiya qilinishidan ogohlantirdi. Bu haqda “NHK” telekanaliga tayanib, O`zA yozmoqda. Ma`lum qilinishicha, Kumamoto, Fukuoka, Oita, Miyazaki, Saga va Yamaguti muzofotlarida ko`chki xavfi nihoyatda yuqori.

Avvalroq “AFP” agentligi ehtimoliy ko`chirilishdan ogohlantirish mamlakat g`arbidagi ikki millionga yaqin odamga ta`sir qilganini yozgan. Xususan, Fukuoka janubi-g`arbidagi Kurume shahrining 115 ming va Kumamoto shahrining 360 ming aholisi evakuasiyaga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

Noqulay ob-havo tufayli qator hududlarda infratuzilma shikastlangan. Kun chiqar yurt g`arbidagi Yamaguti viloyatida kuchli yomg`ir payti temir yo`l aloqasi uzilgan. Mine shahrida esa daryo ustidan o`tuvchi temir yo`l ko`prigi qulab tushgan.

Yaponiya janubiy-g`arbida har yili yozda kuchli yomg`ir yog`adi, daryolar toshadi, keng hududlarni suv bosadi. Ko`chkilar odamlar qurbon bo`lishiga olib keladi.

Milliy meteorologiya xizmati kuchli yomg`ir 4 iyul kuni ham davom etishidan ogohlantirdi.

    Boshqa yangiliklar