
1. Opal. Xotirjamlikni sog`ingansiz. Balki oxirgi paytlarda stresslarni boshingizdan o`tkazayotgandirsiz, balki hammasini unutmoqchidirsiz? To`g`ri yo`ldan ketayotganingizga ishonchingiz komil emas, bo`layotgan voqealarni tahlil qilish uchun vaqt kerak. Tanlagan toshingiz bir hil, zerikarli hayot kechirayotganingizdan dalolat beradi. Yangi yil yaqin, shuning uchun hamma muammolaringizni o`ylab, bir qarorga kelib, yangi yildan yangi hayot boshlang.
2. Yashil malaxit. Ishingiz va yashash tarzingizni o`zgartirmoqchisiz. Buning uchun avval o`zingizni ruhan tayyorlang. O`tmishdagi voqealarni xayolingizdan quvishni o`rganing. Agar bunga qurbingiz etsa, haqiqatan o`zini va o`zgalarni sevuvchi, qadrlovchi inson bo`la olasiz. Malaxit – rivojlanish va mo`l-ko`llik toshidir. Bu toshni tanlabsizmi demak, hozirdanoq boylik va omadga erishishni boshlamoqchisiz. Soxta muhabbatingizni unutib, sof sevgini qarshi olishning ayni vaqti. Malaxitni tanlagan inson o`z-o`ziga, har tongda «men omadga tayyorman» deyishi kerak.
3. Quyosh toshi. Mazkur tosh e`tiboringizni jalb qilgan ekan, demak siz juda optimist, kelajakka ishonch bilan qarovchi insonsiz. Quyosh nurlari sizga kuch beradi, ko`chada sayr qilishni, sog`ligingiz haqida qayg`urishni, stress va qo`rquvlarni engishni qoyillatasiz. Bu tosh omad keltiradi. Yaqin kunlarda sizni yaxshiliklar kutmoqda. Ertalab uyg`onishigiz bilan faqat quvonchni his qilasiz. Muammolar siz uchun yo`qdek.
4. Obsidian toshi. Bu yopiqlik toshi. Uni tanlagan insonda «men zararli odatlarimdan voz kechib, baxtli bo`lmoqchiman» degan shior yotibdi. O`zgalarga hasad qilishdan to`xtaysiz, hammada ham muammo borligiga, shunchaki ular buni ko`rsatmasliklarini tushunib etasiz. Rashk, alam, hasad – bular hammasi yolg`onchi tuyg`ular. Ular shu paytgacha asabingizni zaharlab kelmoqda. Bu kabi salbiy ta`sirlardan halos bo`lishga o`zingizda iroda topa olasiz. Yangi yil kirib kelgunicha o`zingizni tarbiyalashga ulgurasiz.
5. Xaulayt toshini tanlagan inson oilasida farzand kutilmoqda yoki oilada kimdir buni juda istayapti. Chunki bu tosh sog`lom chaqaloq ramzi. Yaqin kunlarda sizni katta yutuqlar kutmoqda. So`nggi paytlarda faqat ichki sezgingizga ishonib, ish yuritmoqdasiz. Hech narsani o`zgartirishga harakat qilmang, shu oqimda suzishda davom eting. Yaqinda barcha savollaringizga javob olasiz.
6. Dalmatin jasperga «ishqi» tushgan insonning ichki ovozi «raqsga tushsangchi, o`zingni bo`sh qo`ysangchi» deyapti. Sizga hazil-mutoyiba, o`yin-kulgu etishmayapti. Biroz havotirliroqsiz. Eng qiyin vaziyatlarda ham ko`tarinki kayfiyatni unutmang. Bu tuyg`u xayotdagi qiyinchiliklardan osongina o`tishingizga yordam beradi.





