Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) Parlament assambleyasi Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasini mohiyatan va niyatiga ko`ra terrorchi deb tan oldi. Bu haqda tashkilot tomonidan qabul qilingan deklarasiyada keltirilgan.
“EXHT Parlament Assambleyasi “Vagner” guruhining Rossiya hukumati nomidan qilgan xatti-harakatlari tabiatan va niyatiga ko`ra haqli ravishda terrorchilik deb ta`riflanishi mumkinligini va shuning uchun milliy hokimiyat organlari tomonidan “Vagner” guruhini terrorchi tashkilot deb belgilashni asosli deb hisoblaydi”, deyiladi deklarasiyada.
Ushbu hujjatda ta`kidlanishicha, “Vagner” guruhining faoliyati terroristik xususiyatga ega, chunki ular siyosiy maqsadlarga erishish uchun jangovar bo`lmagan shaxslarga nisbatan qasddan zo`ravonlik qilmoqda.
Shuningdek, deklarasiyada tashkilot Belarusning amaldagi hukumatini “Vagner”ni qo`llab-quvvatlagani va hududida butun Boltiqbo`yi mintaqasiga xavf tug`diradigan harbiy baza yaratishga ruxsat bergani uchun qoralagan.
Tashkilot o`ziga a`zo davlatlarni xalqaro va milliy qonunchilikka muvofiq hamda xalqaro gumanitar huquqning qo`llanilishiga zarar etkazmagan holda Vagner guruhi va uning filiallari va vorislariga qarshi chora ko`rishga, shu jumladan, uni terrorchi tashkilotlar ro`yxatiga kiritishga chaqirgan.
Rossiyani terrorchi davlat deb tan olgan birinchi xalqaro tashkilot Evropa Kengashi parlament assambleyasi bo`lib, 2022 yil oktyabr oyida tegishli rezolyusiyani qabul qilgan.
Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hozirda Rossiya, AQSh va Ukraina a`zolari bo`lgan mintaqadagi yagona tashkilotdir.
57 davlatdan iborat EXHTning asosiy vazifasi nizolarning oldini olish, tinchlikni kuzatish va saylovlarni kuzatishdan iborat.






