Xitoy rahbari Si Szinpin shaxsan Vladimir Putinni Ukrainada yadro qurolidan foydalanish Rossiya uchun yomon oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi. Bu XXR raisining mart oyida Moskvaga tashrifi chog`ida sodir bo`ldi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Shundan so`ng, FT suhbatdoshlarining so`zlariga ko`ra, Xitoy rasmiylari boshqa davlatlar diplomatlari bilan suhbatda Moskvaning yadroviy tahdidlardan voz kechishini yutuq deb atay boshlagan. Bu Pekinga Evropa bilan munosabatlarni tiklashga yordam beradi.
Eslatib o`tamiz, Vladimir Putin Ukrainaga bostirib kirganidan uch kun o`tib, to`xtatuvchi kuchlarni maxsus shay holatga keltirishni buyurgan edi. Gap boshqa narsalar qatorida, yadroviy kuchlarning tayyorgarligini oshirish haqida edi.
Bundan tashqari, 2023 yil mart oyida Putin Belarusda taktik yadro qurollarini joylashtirish rejasini ham e`lon qildi






