Amerikaning Meta korporasiyasi Ilon Maskga tegishli Twitter ijtimoiy tarmog`ining muqobilni ishga tushirdi. Yangi ilova Threads deb nomlanagan.
Ilova 100 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan Avstraliya, AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va Yaponiyada Apple va Google Android ilovalari do`konlarida mavjud.
Ilovada yoqish, repost qilish, javob berish yoki “mavzu”ga iqtibos keltirish tugmalari, shuningdek, postni yoqtirish va olingan javoblar sonini ko`rsatadigan hisoblagichlar mavjud.
Kompaniyaning ta`kidlashicha, u "real vaqtda yangilanishlar va jamoatchilik sharhlari uchun yangi, maxsus joy" taqdim etadi.
Meta rahbari Mark Sukerbergning aytishicha, dastlabki to`rt soat ichida yangi tarmoqda 5 million akkaunt yaratilgan.






