AsosiyJamiyat

Toshkentda 228 ming 144 quti tamaki yoqib yuborildi (video)

Bugun, 6 iyul kuni Toshkentning Yangihayot tumanidagi zavodlardan birida aniqlangan ana sh...

'Toshkentda 228 ming 144 quti tamaki yoqib yuborildi (video)'ning rasmi

Bugun, 6 iyul kuni Toshkentning Yangihayot tumanidagi zavodlardan birida aniqlangan ana shu 228 ming 144 quti sigaretlar tamaki, sud qarori asosida keng jamoatchilik ishtirokida yoqib yubororish tadbiri o`tkazildi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi. 

Yoqib yuborilgan ushbu tamaki mahsulotlari joriy yilning 22 fevral kuni Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Mirobod tumanidagi xonadonlardan birida o`tkazilgan tezkor tadbirda bu erda xorijda ishlab chiqarilgan va noqonuniy yo`llar bilan olib kirilgan 140 dan ziyod turdagi 228 ming 144 quti tamaki mahsulotlari qonunga xilof tarzda saqlanayotganligi aniqlangan.

Tahlillarga ko`ra, respublikamiz hududiga tamaki mahsulotlarini asosan Turkiya, Rossiya, BAA, Tojikiston, Qirg`iziston va boshqa davlatlardan noqonuniy tarzda olib kirishga urinilmoqda.

Ichki hududlar kesimida tahlil qilinsa, aniqlanayotgan eng ko`p noqonuniy sigaret mahsulotlari Namangan, Farg`ona viloyatlari, Toshkent shahri, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari hissasiga to`g`ri keladi.

Huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan sigaretlarning asosiy qismini “Milano”, “Esse”, “Mond”, “Kavallo”, “Parlament”, “Neets”, “Marlboro” kabi sigaretlar tashkil qilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Bojxona qo`mitasi Axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov yurtimizga noqonuniy kirib kelayotgan tamaki mahsulotlari haqida qo`shimcha ma`lumot berdi.

“2022 yilda bojxona organlari tomonidan 338 ta huquqbuzarlik holatlarida 19,8 mlrd. so`mlik 1 mln. 619 ming quti sigaret tovarlarining noqonuniy realizasiyasiga chek qo`yilgan.

Mazkur huquqbuzarlik holatlari yuzasidan bojxona organlari tomonidan 85 ta holatda jinoyat ishlari qo`zg`atilgan, shuningdek 253 taholatda ma`muriy ishlar yuritilib ko`rib chiqi shuchun sudlarga yuborilgan.

2023 yilning 6 oyida bojxona organlaritomonidan 155 ta huquqbuzarlik holatlarida 37,5 mlrd. so`mlik 1 mln. 610 ming quti sigarettovarlarining noqonuniy realizasiyasiga chek qo`yilgan.

Shu o`rinda alohida ta`kidlash lozimki, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining1861-moddasida tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritganlik uchun, 182-moddasida esa O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan tamaki mahsulotlarini juda ko`p miqdorda qonunga xilof ravishda o`tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan”, dedi Nurbek Salomov.

Nurbek Salomovning ma`lum qilishicha, Mazkur huquqbuzarlik holatlari yuzasidan bojxona organlari tomonidan 53 ta holatda jinoyat ishlari qo`zg`atilgan, shuningdek 90 ta holatda ma`muriy ishlar yuritilib ko`rib chiqish uchun sudlarga yuborilgan.

Bundan tashqari noqonuniy sigaret mahsulotlari bilan bog`liq 12 ta huquqbuzarlik holatlari bojxona organlari tomonidan ko`rib chiqilmoqda.

2022 yilda noqonuniy muomaladan olingan 1 mln. qutidan ortiq,  2023 yilning o`tgan davrida esa 100 ming qutidan ziyod sigaret tovarlari belgilangan tartibda yo`q qilingan.

    Boshqa yangiliklar