AsosiyDunyo

NATO Polshada yadro qurolini joylashtirishga ruxsat berdi

'NATO Polshada yadro qurolini joylashtirishga ruxsat berdi'ning rasmi

NATO Polshaga yadroviy quroldan birgalikda foydalanish bo`yicha Yadro almashish dasturiga qo`shilishga ruxsat berdi. 

Qayd etilishicha, bu mamlakatda yadro qurolini joylashtirish imkonini beradi. Varshava alyans mashg`ulotlarida Yadroviy rejalashtirish guruhi  a`zosi sifatida ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, NATO ittifoqchilari 2014 yildan beri doimiy ravishda rejalashtirish va strategiyani moslashtirib kelmoqda, deya xabar berilmoqda.

Shu bilan birga, IMEMO RAN, xalqaro xavfsizlik markazining kichik ilmiy xodimi, Xalqaro aloqalar bo`yicha Rossiya kengashi eksperti Vasiliy Klimov Polshaning dasturga qo`shilish istiqbolini noaniq deb atadi. Uning ta`kidlashicha, AQSh ushbu masala bo`yicha ma`lumotni qandaydir tarzda izohlashdan bosh tortmoqda.

Avvalroq Polsha bosh vaziri Matyush Moravetski Varshava asta-sekin NATO ittifoqdoshlarini mamlakatda yadro qurolini joylashtirishga ishontirmoqchi ekanini aytgandi. Uning fikricha, buni Yadro almashish dasturi yordamida amalga oshirish mumkin. U, shuningdek, Rossiya Belarusda yadro qurolini joylashtirganini hisobga olib, Varshava ham “eng yuqori darajadagi xavfsizlikka ega bo`lishni” istashini qo`shimcha qildi. Shu bilan birga, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo`yicha koordinatori Jon Kirbi ushbu muzokaralar boshlanishi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar