O`zbekiston may oyida oltin sotuvchi davlatlar qatorida dunyoda ikkinchi o`ringa chiqdi. Bu haqda Jahon oltin kengashi ma`lum qildi.
Aytilishicha, O`zbekiston xorijga Qozog`iston va Germaniyaning ko`rsatkichlaridan 5,5 barobar ko`p, ya`ni 11 tonna oltin sotgan. Birinchi o`rinni esa 63 tonna ko`rsatkich bilan Turkiya egallagan.
Bildirilishicha, mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining faol sotilishini Turkiya Markaziy bankining milliy valyutani sun`iy ravishda qo`llab-quvvatlash borasidagi avvalgi siyosati bilan izohlash mumkin. Iyun oyida regulyatorning ushbu kursni o`tkazishdan bosh tortishi turk lirasining keskin qulashiga olib kelgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, Polsha 19 tonna ko`rsatkich bilan oltinning asosiy xaridoriga aylangan. Ikkinchi o`rinda esa 16 tonna bilan Xitoy qayd etilgan. Undan keyingi o`rindagilarning xaridi to`rt tonnadan ortmagan.
Ma`lumot uchun, Jahon markaziy banklarining oltin-valyuta zaxiralari 27 tonnaga kamaygan. Aprel oyi bilan solishtirganda, qimmatbaho metallar savdosi ikki baravardan ko`proq qisqargan.






