AsosiyJamiyat

Avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi

'Avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan avtomobilda yuk va yo`lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi to`g`risida nizom qabul qilindi.

Nizomga ko`ra, ruxsatnomalarda avtomobilda yuk va yo`lovchilarni xalqaro tashish turlari (ikki tomonlama, tranzit yoki uchinchi davlatga/dan tashish) va ulardan foydalanish shartlari ko`rsatiladi.

Ruxsatnomalar quyidagi asosiy turlarga bo`linadi: 

  • ikki tomonlama yuk tashish uchun;
  • tranzit yuk tashish uchun;
  • uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun;
  • ikki tomonlama/tranzit yuk tashish uchun;
  • ikki tomonlama qatnovlarda yo`lovchilarni nomuntazam tashish uchun;
  • tranzit qatnovlarda yo`lovchilarni nomuntazam tashish uchun;
  • ikki tomonlama/tranzit qatnovlarda yo`lovchilarni nomuntazam tashish uchun.

 

Xorijiy/ko`p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun arizani milliy tashuvchi o`zining ERIsi bilan tasdiqlagan holda «E-avto ruxsatnoma» AAT orqali takdim etadi va ariza olingan kundan 1 ish kunida ko`rib chiqiladi. Ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish «E-avto ruxsatnoma» AATda avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Ruxsatnomalar ular berilgan kundan 90 kalendar kun ichida vakolatli organga qaytarish sharti bilan tashuvchilarga beriladi. Har bir beriladigan xorijiy/ko`p tomonlama ruxsatnoma uchun BHMning to`rtdan biri (82 ming 500 so`m) miqdorida yig`im undiriladi.

Milliy tashuvchi tomonidan unga berilgan xorijiy/ko`p tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular bo`yicha huquqlar uchinchi shaxslarga berilganligi aniqlangan taqdirda, «E-avto ruxsatnoma» AATda avtomatik tarzda ushbu tashuvchiga – 3 oy muddatga, yil davomida qayta aniqlansa – 6 oy muddatga barcha xorijiy/ko`p tomonlama ruxsatnomalar berilishi to`xtatiladi.

    Boshqa yangiliklar