AsosiyJamiyat

O`zbekistonga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi

'O`zbekistonga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi'ning rasmi

Joriy yilning iyul oyi o`rtacha issiq ob-havo bilan boshlandi. Kunduz kunlari havo harorati 37-39 darajagacha, janubda va cho`l hududlarda 41-43 darajagacha ko`tarildi.

Lekin 3-4 iyul kunlari Qozog`iston hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi hisobiga issiq pasaya boshladi va haftaning katta qismida havo harorati 31-36o bo`lgan qulay qiymatlarda saqlandi. Hatto eng chekka janubiy hududlarda ham kunduzgi harorat 39o dan yuqori bo`lmadi.

6-7 iyul kunlari respublikaning bir qator tumanlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`di va momaqaldiroq kuzatildi.

9-10 iyul kunlari O`zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi va harorat ko`tarila boshlaydi.

Issiq ob-havoning cho`qqisi 11-13 iyul kunlariga to`g`ri keladi. Kunduzi havo harorati 39-42 darajagacha, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 43-45 darajagacha ko`tariladi.

Biroq bu issiq davr uzoq bo`lmaydi. 13 iyuldan respublikaning shimoli-g`arbiy hududlariga, 14 iyuldan barcha hududlarga, bu safar Kavkazdan salqinroq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni 3-5o ga pasayadi. Haroratning eng sezilarli pasayishi Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kuzatiladi, bu erda havo harorati 5-7 darajaga pasayadi.

So`ng iyul oyining oxirigacha haroratni qisqa muddatga ko`tarilishi kuzatiladi, lekin sinoptiklar ushbu iyul oyida anomal issiq kutmayaptilar.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar