AsosiyJamiyat

“Tovar to`g`risida ma`lumot” axborot tizimi va mobil ilovasi ishlab chiqiladi

'“Tovar to`g`risida ma`lumot” axborot tizimi va mobil ilovasi ishlab chiqiladi'ning rasmi

“Ma`muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi

Farmonga ko`ra, Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi monopoliyaga qarshi respublika organi bo`lib, o`z faoliyatida Prezidentga va Senatga hisobdor hisoblanadi.

2023 yil 1 oktyabrdan:

-eksklyuziv huquqlar berilgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning reestri (ro`yxati) joriy etiladi;

-Raqobat qo`mitasi bitim shartlarini, tovarlar realizasiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama ta`sir ko`rsatish imkoniyatiga (ustun muzokara kuchiga) ega bo`lgan sub`ektlarni aniqlaydi va ular tomonidan ustun muzokara kuchini suiiste`mol qilishni taqiqlaydi;

-raqobatga qarshi kelishuvni tuzgan yoki o`zaro muvofiqlashtirilgan harakatni sodir etgan yuridik yoki jismoniy shaxs bu haqda Raqobat qo`mitasiga birinchi bo`lib ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, u raqobat to`g`risidagi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etiladi.

Shuningdek, “Biz sizni eshitamiz” loyihasi joriy qilinadi.

- 2023 yil 1 oktyabrgacha Raqobat qo`mitasi tizimida korrupsiya holatlariga yo`l qo`ymaslik, ularga oldindan “tashxis qo`yish” va korrupsiyani keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan omillarni aniqlash va bartaraf etish bo`yicha ta`sirchan mexanizmlar ishlab chiqiladi. 

- 2023 yil 20 dekabrgacha iste`molchilarga mamlakat iste`mol bozorida muomalada bo`lgan tovarlar (ishlar va xizmatlar) to`g`risida ma`lumotlarni onlayn tarzda olish imkoniyatini beruvchi “Tovar to`g`risida ma`lumot” axborot tizimi va mobil ilovasi ishlab chiqiladi. 

- 2025 yil 1 yanvargacha Raqobat qo`mitasining tabiiy monopoliya sub`ektlarining tariflarini tartibga solish va nazorat qilish funksiyalari bosqichma-bosqich tashkil etiladigan mustaqil bozor regulyatorlariga o`tkaziladi.

 

    Boshqa yangiliklar