AsosiyJamiyat

Jizzaxda Gentra haydovchilari qoidani buzib, katta yo`lda tomosha ko`rsatdi

'Jizzaxda Gentra haydovchilari qoidani buzib, katta yo`lda tomosha ko`rsatdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda bir guruh haydovchi yigitlar Gentra'da qoidani buzgan holda manyovrlar qilib, harakatlanishgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, ushbu harakatlarni sodir etganlar viloyatning Zomin tumanida yashovchi haydovchilar ekani aniqlangan. Ularga tegishli ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, mashinalar vaqtinchalik jarima maydoniga qo`yilgan.

"Bollar bilan yig`ilib, yo`l harakati qoidasini qo`pol ravishda buzib, harakatlandik. Qilgan ishimdan pushaymonman, boshqa bu ishni qilmayman", - haydovchilardan biri.

    Boshqa yangiliklar