AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda harorat 38-40 daraja atrofida bo`ladi

'Bugun O`zbekistonda harorat 38-40 daraja atrofida bo`ladi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38°, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 40° gacha ko`tariladi.

Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-36°.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar