Zarur masalliqlar (6 kishilik): 250 gr. yumshoq pishloq, 200 gr. tozalangan yong`oq, 2 dona tuxum, 4 osh qoshiq zaytun yog`i, 1 bog` salat bargi, 1 dona qizil piyoz, yarimta apelsin sharbati, tuz va qora murch.
Tayyorlanishi: 1. Salat bargini yuvib, yirik bo`laklarga ajrating. Yong`oqni qizigan tovada biroz qovurib, sovuting. Piyozni xalqa qilib to`g`rab, issiq suvda chaying.
2. Salat bargi, qizil piyoz va yong`oqni likopchaga solib, ustidan yirik somoncha shaklida to`g`ralgan qaynatilgan tuxum va pishloqni qo`ying.
3. Apelsin sharbatiga zaytun yog`i, tuz, murch va ozgina sirkani aralashtirib, salat ustidan quying. Mazasi yanada yaxshi bo`lishi uchun 15 daqiqaga muzlatgichga qo`yiladi.
Tayyorlanish vaqti: 15 daqiqa.





