AsosiyDunyo

53 davlatda qayd etilayotgan kasalliklarning 15 foizi ekologik muammolar tufayli kelib chiqmoqda - JSST

'53 davlatda qayd etilayotgan kasalliklarning 15 foizi ekologik muammolar tufayli kelib chiqmoqda - JSST'ning rasmi

JSST Evropa mintaqaviy byurosining yangi hisobotida keltirilishicha, byuroga a`zo 53 davlatda (jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida) qayd etilayotgan barcha kasalliklarning qariyb 15 foizi ushbu omil oqibatida paydo bo`lyapti. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniyadan Xitoy chegaralarigacha qamrab olgan mazkur hududda ekologik muammolar tufayli yiliga 1,4 million inson hayotdan ko`z yummoqda.

Ularning 570 ming nafarga yaqini atmosfera ifloslanishi oqibatida kelib chiqayotgan xastaliklar qurbonlaridir.

Qolaversa, birgina 2022 yilda Evropa mintaqasida kuzatilgan anomal issiq harorat kamida 20 ming kishining o`limiga sabab bo`ldi.

Shundan kelib chiqqan holda, JSST Evropa mintaqaviy byurosiga a`zo davlatlar sog`liqni saqlash vazirlari tomonidan “Budapesht deklarasiyasi” qabul qilinishi kutilmoqda.

Ushbu hujjat ekologik muammolarni bartaraf etishga doir qator majburiyatlarni o`z ichiga olgan bo`lib, uning ijrosi aholi salomatligi ko`rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi.

 

    Boshqa yangiliklar