1

Test: turmushingizda baxtlimisiz?

SUG'DIYONA 14.10.2016, 17:01
Teglar: Oila, Er-xotin
Test: turmushingizda baxtlimisiz?

Turmushinigizda o`zaro muvofiqlik bor-yo`qligini quyidagi test orqali bilib olishingiz mumkin. Savollarga javob berib, o`zingiz va oilangiz haqida yangi-yangi ma`lumotlarga ega bo`lasiz.

Ijobiy javoblarga 1 balldan qo`yib borasiz.

  1. Uyingizga eringizning qarindoshlari kelsa, hamisha xursand bo`lib kutasiz?
  2. Birga hordiq chiqargan damlarni haqiqiy dam olish deb hisoblaysiz?
  3. Hayotda turmush o`rtog`ingiz bilan bilmagan holda barobariga bir narsa haqida gapirgan vaqtingiz bo`lganmi?
  4. Nima bo`lganidan qatiy nazar o`zaro munosabatlarda har ikki tomonni qoniqtiruvchi to`xtamga kela olasizlarmi?
  5. Sovg`alaringiz bir-biringizga doim yoqadimi?
  6. Oila byudjetini umumiy xarjlaysizlarmi?
  7. Farzandlarinigz sizga va eringizga birdek quloq solishadimi?
  8. Jufti halolingizning do`stlari uyingizga kelishidan quvonasizmi?
  9. Eringizning professional muvaffaqiyatlaridan doim xursand bo`lasizmi?
  10. Umr yo`ldoshingiz bilan umumiy qiziqishlaringiz bormi?

Sarhisob

0—3 ballgacha

Nikohingizni hali garmoniyali deb atash qiyin. Sizlar alohida o`z-o`zingiz bilan va faqat o`zingiz uchun yashaysiz. Har biringizning oila haqidagi qarashlaringiz har xil, qiziqish va intilishlaringiz ham tamomila farq qiladi. Uyingizni ham sokin osoyishta deya olmaymiz, u xuddi talabalar yotoqxonasi kabi g`ala-g`ovurli, sershovqin. Turmush o`rtog`ingizning ba`zi qiliqlari g`ashingizga tegadi, bir uyda istiqomat qilganingizdan xursand emassiz. Bolalar ham park, toqqa chiqib dam olishdan umid bo`lmagani uchun o`z ishlariga o`ralashib yuradi.

Maslahatimiz: atrofdagi voqealarga be`etibor bo`lmay, vaziyatni tezda to`g`irlang. Yo`qsa bunday xonadoshlik o`zining mantiqiy yakuniga etib, oilangiz buzilib ketishi mumkin.

4—6 ballgacha

Oilangizda to`liq uyg`unlik bor deya olmaymizu, har holda umid yo`q emas. Eng asosiysi–ikkalangiz ham mustahkam oilani barpo etib, saqlashni istaganingiz, demak, hammasi o`z qo`lingizda. Orangizdan “g`idi-bidi” bo`lib tursa-da, hech qachon bir-biringizning manfaatlaringizga zid qaror qabul qilmaysizlar. Yillar davomida bir-biringizni yaxshiroq tushunib, xarakteringizdagi nomuvofiqliklarni engib o`tasiz.

Maslahatimiz: Ro`zg`or masalalari va bolalar tarbiyasi o`z yo`liga, partneringizning ichki dunyosi bilan ham ko`proq qiziqing.

7 balldan yuqori

Sizlarga faqat havas qilish kerak. Xarakterlaringizdagi hamma jihatlar o`xshash. Bir-biringizni ko`z qarashidanoq tushunasiz, hamrohingiz nimani o`ylab, nimani his qilayotganini bilib turasiz. U haqiqatdan sizning “ikkinchi yarmingizga” aylangan. O`rtangizda gap qochishi amri mahol. Mobodo shunday bo`lsa, yarashuv uzoq kutilmaydi. Sizning nikohingizni yuz foiz ideal deb atash mumkin.

Maslahatimiz: Turmushdagi farovonlik va barqarorlik yaxshi, lekin uni asrab-avaylash kerkligini ham unutang. Ba`zan misqollab yig`ilgan oilaviy baxtni nojo`ya bir so`z bilan barbod qilish qilish hech gap emas.

 Dilnoza UMAROVA

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Er-xotin 5 bosh qo`y o`g`irlab qo`lga tushdi

03.12.2019, 10:59

 Poytaxtimizning Mirobod tumanida yashovchi fuqaro H.N. Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, 29 noyabrga o`tar kechasi o`ziga tegishli «Gulobod» mahalla fuqarolar yig`ini...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1