9 iyul kuni seysmologlar Olmaotadan 266 kilometr uzoqlikda 4,8 magnitudali zilzilani qayd etdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi seysmik stansiyalar tarmog`i tegishli ma`lumotni e`lon qildi. zilzila 9 iyul kuni tushdan keyin Olmaota vaqti bilan soat 14:54 da qayd etilgan. Zilzila episentri Xitoyda joylashgan. Magnituda 4,8 ballni, zilzila chuqurligi 10 kilometrni tashkil etgan.






