AsosiyDunyo

Kanadada o`rmon yong`inlari natijasida 9 mln gektar hudud yonib ketdi

'Kanadada o`rmon yong`inlari natijasida 9 mln gektar hudud yonib ketdi'ning rasmi

Kanadada sodir bo`layotgan o`rmon yong`inlari soni 590 tadan 734 taga oshdi va yong`in natijasida vayron bo`lgan hudud 9 million gektarga etdi. Bu haqda “Mir24” xabar berdi

Xabarda aytilishicha, o`rmon yong`inlariga qarshi kurashish boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, 734 ta yong`indan 430 tasi haligacha nazoratga olinmagan. Eng ko`p yong`inlar Alberta, Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek va Ontario provinsiyalarida qayd etilgan. Yong`in tarqalishiga mamlakatning deyarli butun hududida hukmronlik qilayotgan issiq ob-havo ham sabab bo`lmoqda. Ba`zi hududlarda havo harorati 40 darajadan yuqoriga chiqmoqda.

Kanada favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik vaziri Uilyam Bler joriy o`rmon yong`inlari mavsumini mamlakat tarixidagi eng yomoni deb atadi. Prognozlarga ko`ra, iyul-avgust oylarida ham quruq ob-havo hukmron bo`lib, vaziyatga salbiy ta`sir ko`rsatishda davom etadi.

Shuningdek, mamlakatdagi o`rmon yong`inlarini bartaraf etish uchun 10 ta davlatdan – Avstraliya, Ispaniya, Kosta-Rika, Meksika, Yangi Zelandiya, Portugaliya, AQSh, Fransiya, Chili va Janubiy Afrikadan kamida 1,8 ming xorijiy o`t o`chiruvchilar jalb qilingan. O`t o`chirishda Kanada qurolli kuchlari ham ishtirok etmoqda. Hammasi bo`lib besh mingga yaqin odam yong`inni o`chirishda qatnashmoqda.

    Boshqa yangiliklar