AsosiyDunyo

Turkmanistonda davlat to`ntarishiga urinish bo`lgani aytilmoqda

'Turkmanistonda davlat to`ntarishiga urinish bo`lgani aytilmoqda'ning rasmi

Iyun oyida Turkmaniston maxsus xizmatlari qurolli to`ntarishga urinishning oldini oldi va 20 nafar turkman fuqarosini qo`lga oldi, deb yozadi Turkmen.news bir nechta manbalarga tayanib.

Qo`lga olinganlar hibsda saqlanmoqda. Nashrning yozishicha, asosiy fitnachi sobiq qishloq xo`jaligi vaziri Payzigeldi Meredovning o`g`li Botir Meredov bo`lgan. Nashr ichki ishlar vaziri o`rinbosari Axmet ​​Xojatovning hibsga olingani haqida ham xabar bergan.

Manbalarga ko`ra, qurolli fitna haqidagi ma`lumotlarni tarqatmaslik uchun mamlakatda internet to`sib qo`yilmoqda.

    Boshqa yangiliklar