Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasidagi bolalar bog`chasiga uyushtirilgan hujum oqibatida olti kishi halok bo`ldi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan 07:40 (Toshkent vaqti bilan 04:40) da sodir bo`lgan. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, pichoq bilan qurollangan erkak bog`chaga bostirib kirib, kiraverishda bir bola va ikki katta odamni jarohatlagan. Hujum oqibatida bir nafar bog`cha tarbiyachisi, ikki ota-ona va uch nafar bola halok bo`lgan.
Hujum qilgan shaxs qo`lga olingan, u 25 yoshli U ismli yigit bo`lib chiqdi. Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha oshkor qilinmadi.






