1

AQSh O`zbekiston hukumatini kelgusi saylovlarda YXHT tavsiyalarini to`liq bajarishga chaqirdi

Siyosat 11.07.2023, 11:28
AQSh O`zbekiston hukumatini kelgusi saylovlarda YXHT tavsiyalarini to`liq bajarishga chaqirdi

AQShning O`zbekistondagi elchixonasi 9 iyul kuni bo`lib o`tgan prezidentlik saylovlarini kuzatdi hamda YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosining (DIIHB) saylovga texnik jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko`rilgan bo`lsada, u haqiqiy siyosiy plyuralizm va raqobatsiz muhitda o`tgani haqidagi xulosalarini qo`llab-quvvatlashini ma`lum qildi. 

"Demokratik tizimlar saylov jarayonlarining yaxlitligini ta`minlashdan tashqari, ovoz berishda qatnashayotgan vatandoshlarni haqiqiy, raqobatbardosh tanlash imkoniyati bilan ham ta`minlashi lozim. Amerika Qo`shma Shtatlari O`zbekiston hukumatini kelgusi saylovlarda DIIHBning tavsiyalarini to`liq bajarishga chaqiradi.

AQSh elchixonasi O`zbekiston vatandoshlarini saylovdagi ishtiroki uchun olqishlaydi hamda saylovda Prezident Mirziyoevni qo`llab-quvvatlaganliklarini qayd etadi. Prezident Mirziyoev yangi vakolatlari doirasida o`z vazifasini bajarishga kirishar ekan, Qo`shma Shtatlar uning islohotlar va boshqaruv tizimini takomillashtirish, jumladan, qonun ustuvorligi, hokimiyat tarmoqlari o`rtasidagi o`zaro nazorat va muvozanatni ta`minlash, shaxsiy huquqlarni himoya qilish kabi kun tartibida turgan masalalarni ilgari surishda yordam berishga tayyorligini bildiradi. Bu tamoyillarga rioya qilish vakillar boshqaruvining asosi hisoblanadi. Biz Prezident Mirziyoev va O`zbekiston hukumati bilan AQSh va O`zbekiston o`rtasidagi iqtisodiy, ta`lim, odamlar orasidagi o`zaro munosabat va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada chuqurlashtirish yo`lida hamkorlik qilishni kutib qolamiz", - deyiladi rasmiy xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1