AsosiyJamiyat

Samarqandda yosh bolani talagan itlar urishtirish uchun maxsus tayyorlanadigan itlar ekani xabar qilindi

'Samarqandda yosh bolani talagan itlar urishtirish uchun maxsus tayyorlanadigan itlar ekani xabar qilindi'ning rasmi

Avvalroq, Samarqandda yosh bolani itlar talagni va hodisa ustidan chiqqan taksi haydovchisi bolani qutqarib qolgani haqida xabar berilgan edi. 

Viloyat IIB holat bo`yicha ma`lumot taqdim etib, itning egasi aniqlangan taqdirda jazolanishini bildirdi. 

Voqedan so`ng ijtimoiy tarmoqlarda itlar haqida turli xabarlar tarqaldi. Unga ko`ra, ular daydi itlar emas, urishtirish uchun maxsus tayyorlangan itlar ekani aytilmoqda. Xususan, ekologuz kanalida bu bo`yicha ayrim ma`lumotlar keltirildi. 

"Bizga ma`lum bo`lishicha,  mazkur it daydi emas, uy itidir. Uning egasi it urishtirish bilan shug`ullanadi. Egasini deb it shunaqa vaxshiy bo`lib  ketgan. Uyida 7-8 talab itlani jangga tayyorlab yuradigan odam ekan. Itlarning egasiga Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish) bilan jinoiy jaobgarlikka tortish kerak", - deb yoziladi kanalda. 

Holat bo`yicha Samarqanda viloyati IIB matbuot xizmati qo`shimcha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, bolaga tashlangan itlarning egasiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning  110-moddasi (It va mushuk boqish qoidalarini buzish) bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Eslatib o`tamiz, Samarqandda bolani itlardan qutqargan 23 yigit taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar