AsosiyDunyo

Qirg`izistonda bola tarbiyalayotgan onalarga ish staji yozilishi mumkin

'Qirg`izistonda bola tarbiyalayotgan onalarga ish staji yozilishi mumkin'ning rasmi

Qirg`iziston poytaxti Bishkekda bo`lib o`tgan lider ayollar qurultoyida ombudsman Jamila Jamanbaeva mamlakatda ayollar huquqlarini ta`minlash uchun shoshilinch choralar ko`rish zarurligini ta`kidladi. 

U uyda bolalarni tarbiyalayotgan ayollarga ish staji yozishni taklif qildi. 

Jamanbaevaga ko`ra, “oiladagi zo`ravonlik darajasi juda yuqori va bunga tuzatish kiritish kerak, ayollarga nisbatan stereotiplarni yo`q qilish zarur”.

Ombudsman Qirg`iziston mehnat qonunchiligiga tegishli o`zgartirishlar kiritishni taklif qildi. U mamlakatda ayollar va bolalarga nisbatan har qanday ko`rinishdagi zo`ravonlikning oldini olish bo`yicha etarli davlat markazlari va ma`lumotlar yo`qligini aytdi.

“Milisiya xodimlari davlat organlaridan himoyalanish usullari va turlari haqida aholini keng miqyosda xabardor qilishi kerak”, — deya qo`shimcha qildi u.

Ombudsman ayollarni himoya qilish uchun quyidagi choralarni ko`rishni taklif qildi:

  • ayollarning mehnat stajiga ular ishdan ketishga majbur bo`lgan yoki bolalarni tarbiyalash bilan shug`ullangan vaqtlarini kiritish;
  • ayollar va erkaklarning iqtisodiy faoliyatning barcha turlaridan teng foydalanishini ta`minlash;
  • ayollarning kichik va o`rta biznesda bandligini ta`minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • kichik va o`rta biznesni ochish uchun foizsiz kreditlar berish;
  • qishloq va shaharlarda ayollarning bandlik imkoniyatlarini tenglashtirish strategiyasini ishlab chiqish.

    Boshqa yangiliklar