1

Shavkat Mirziyoev tantanali qasamyod qilib, o`z lavozimiga kirishdi

Siyosat 14.07.2023, 12:17
Shavkat Mirziyoev tantanali qasamyod qilib, o`z lavozimiga kirishdi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisida O`zbekiston Respublikasi saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoev tantanali qasamyod qilib, o`z lavozimiga kirishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ayni paytda davlatimiz rahbari nutq so`zlamoqda.

"Menga yuksak ishonch bildirib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylagan barcha yurtdoshlarimga yana bir bor chin qalbimdan samimiy minnatdorchilik bildiraman.

 Muqaddas Vatanimiz timsoli va mustaqilligimiz ramzi bo`lgan O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`iga, madhiyamiz va gerbimizga, menga topshirilgan Prezidentlik Oliy nishoni va bayrog`iga yuksak hurmat bajo keltiraman.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanishimni men inson huquq va erkinliklarini, xalq manfaatini ta`minlashga qaratilgan siyosatimizning yana bir yuksak e`tirofi sifatida qabul qilaman", – dedi Prezident.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1