AsosiyDunyo

Hindiston Oyga raketa uchirdi

'Hindiston Oyga raketa uchirdi'ning rasmi

Bugun, 14 iyul kuni Hindiston kosmik agentligi Oyga “Chandrayaan-3” raketasini uchirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, missiya moduli Oy roverini Erning tabiiy sun`iy yo`ldoshi yuzasiga olib chiqadi. U oyning sirtini tahlil qiladi. Ta`kidlanishicha, Oy roverining missiyasi 14 kunga mo`ljallangan.

"Ushbu ajoyib missiya xalqimizning umidlari va orzularini amalga oshiradi", deydi mamlakat Bosh vaziri Narendra Modi Twitter sahifasida.

Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Chandrayaan-3” qo`nish moslamasi, harakatlantiruvchi modul va roverdan iborat. Uning maqsadi Oy yuzasiga xavfsiz qo`nish, ma`lumotlarni to`plash va Oy tarkibi haqida ko`proq ma`lumot olish uchun bir qator ilmiy tajribalar o`tkazishdir.

    Boshqa yangiliklar