AsosiySport

Ronaldu yillik daromadi bo`yicha yangi jahon rekordini o`rnatdi

'Ronaldu yillik daromadi bo`yicha yangi jahon rekordini o`rnatdi'ning rasmi

"Al-Nasra" futbol klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sportchining yillik daromadi bo`yicha yangi jahon rekordini o`rnatdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

2023 yilda Krishtianu Ronaldu 136 million dollar ishlab topgan. Bu ko`rsatkich bo`yicha u «Inter Mayami» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining rekordini yangiladi. O`tgan yili «PSJ»da o`ynagan Messi bir yilda 130 million dollar ishlab oldi.

Krishtianu Ronalduning yutug`i Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Uning daromadiga nafaqat klubdan olingan pul, balki ko`p millionlik homiylik shartnomalari ham kiradi.

    Boshqa yangiliklar