Qirg`iziston O`zbekistondan 145,6 million kilovatt/soat elektr energiyasi import qildi. Buning uchun Qirg`iziston O`zbekistonga bor-yo`g`i 1,2 ming so`m to`lagan. Gap katta ehtimol bilan O`zbekiston qishda sovuq havoda sarflagan va Qirg`iziston energetika tizimiga etkazib bermagan elektr energiyasini qaytarish haqida ketmoqda. To`lov faqat elektr energiyasining tranziti uchun amalga oshirildi, deya xabar bermoqda 24.kg Qirg`iziston milliy statistika qo`mitasiga tayanib.
Eslatib o`tamiz, o`tgan yilning dekabr oyida O`zbekiston Turkmaniston elektr energiyasini Qirg`izistondan qarzga olgani haqida xabar bergan edik.






