Joriy yil 28 iyul –8 avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Chendu shahrida navbatdagi, XXXI Jahon yozgi universiadasi bo`lib o`tadi.
“Jenmin jibao” nashri xabarida aytilishicha, mazkur nufuzli sport anjumani bosh media-markazi dunyo ommaviy axborot vositalarini zarur infatuzilma va xizmatlar bilan ta`minlaydi.
Jurnalistlarga ofis, oziq-ovqat, transport, tibbiy xizmat, dam olish va ko`ngil ochar dasturlar taqdim etiladi. Universiadaning rasmiy ochilishidan keyin media-markazda nomoddiy madaniy merosga bag`ishlangan turli tadbirlar tashkil qilinadi.
Mehmonlar Xitoy xalqining qadimiy madaniy merosi bilan tanishish imkoniga ega bo`ladi. Er yuzining turli mintaqalaridan kelgan jurnalistlar Ba-Shu (Sichuan) madaniyatining noyob va maftunkor jihatlariga guvoh bo`ladilar.
Bosh media-markaz 25 iyuldan boshlab kun bo`yi ishlash tartibiga o`tadi.