Toshkentning "Bunyodkor" klubi yozgi transfer oynasi vaqtida o`z tarkibini kuchaytirishda davom etadi.
"Qaldirg`ochlar" safiga serbiyalik yarim himoyachi Milan Marchich kelayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Championat.asia sayti ma`lumotiga ko`ra, "Bunyodkor" tez orada braziliyalik chap qanot himoyachisi Velington Taira bilan shartnoma tuzadi. Transfermarkt portali 1996 yilda tug`ilgan futbolchini 200 ming evroga baholamoqda.
Velington Taira faoliyati davomida "Matonense", "Kaskavel", "Linense", "Makae" (hammasi Braziliya) va "Bels" (Moldova) kabi klublarda o`ynagan. Yakunlangan mavsumda Taira sports.md sayti talqiniga ko`ra, Moldova chempionati ramziy terma jamoasidan joy olgandi.