1

Gurbanguli va Serdar Berdimuhamedovlar Shavkat Mirziyoevni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi

Siyosat 24.07.2023, 12:15
Gurbanguli va Serdar Berdimuhamedovlar Shavkat Mirziyoevni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 iyul kuni Turkman xalqining milliy etakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Suhbat avvalida Turkmaniston etakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, qardosh O`zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

O`zbekiston bilan Turkmaniston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Sanoat, energetika, qishloq xo`jaligi, transport va boshqa sohalarda amaliy hamkorlik izchil kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O`zbekiston va Turkmaniston etakchilari mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo`lajak tadbirlar rejasini ko`rib chiqdilar. 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Turkmaniston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog`lik va katta muvaffaqiyatlar, qardosh O`zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Suhbatda o`zaro savdoni ko`paytirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida, shu jumladan sanoat, energetika, qishloq xo`jaligi, transport va boshqa muhim yo`nalishlarda kooperasiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

“Shovot-Toshovuz” chegaraoldi erkin savdo zonasini barpo etish bo`yicha birgalikdagi ishlarning ilk natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1