1

Qo`shni davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoevni tug`ilgan kuni bilan tabriklashdi

Siyosat 24.07.2023, 13:15
Qo`shni davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoevni tug`ilgan kuni bilan tabriklashdi

Bugun, 24 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Tojikiston, Qirg`iziston va Qozog`iston etakchilari bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Suhbat avvalida qo`shni davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoevni tug`ilgan kuni bilan samimiy tabriklab, birodar O`zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Shavkat Mirziyoev Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan sanoat, avtomobilsozlik, to`qimachilik va elektrotexnika tarmoqlarida, energetika infratuzilmasini modernizasiya qilish bo`yicha hamda hamkorlikning boshqa sohalarida qo`shma kooperasiya loyihalarini amalga oshirishda erishilayotgan natijalar haqida suhbatlashgan bo`lsa, Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqaev bilan Etakchilar yaxshi qo`shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalarini atroflicha ko`rib chiqdilar.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon o`rtasida Bo`lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko`rish hamda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibini aniq amaliy  mazmun bilan boyitish masalalari muhokama qilindi.

Etakchilar ishbilarmonlik va gumanitar aloqalarni yanada faollashtirish, jumladan, qo`shma ko`rgazma va yarmarkalar o`tkazish, yoshlarni keng jalb qilgan holda madaniy va sport tadbirlarini uyushtirish muhimligi haqida yakdil fikr bildirdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1