AsosiyJinoyat

Samarqandda erkak sobiq ayolining ishqiy munosabatlari aks etgan videolarni tarqatmaslik uchun $5 ming talab qildi (video)

'Samarqandda erkak sobiq ayolining ishqiy munosabatlari aks etgan videolarni tarqatmaslik uchun $5 ming talab qildi (video)'ning rasmi

Samarqandda erkak sobiq ayolini ishqiy munosabatlari aks etgan foto va videolarni tarqatish bilan "shantajlik" qilib $5 ming talab qildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha,  pastdarg`omlik erkak tanish ayoli bilan til biriktirib, sobiq xotinidan "shantaj"  orqali, tovlamachilik yo`li bilan pul undirmoqchi bo`lgan. Ayol va erkak o`rtasida ishqiy munosabatlar aks etgan foto va videolarni internetda tarqatish bilan qo`rqitib, 5 ming AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan.

2023 yil 13 iyun kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda yollanma ayol 5 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar