1

Behidan 4 hil resept

SUG'DIYONA 18.10.2016, 10:11
Teglar: Mahsulot
Behidan 4 hil resept

MURABBO: YoNG`OQ+LIMON

  • 1 kg.behi, 800 g.shakar, 1 st.suv, bitta limon, 100 gr. maydalangan yong`oq.

Tozalangan behini sakkiz bo`lakka bo`ling. Alohida idishda suv va shakarni qaynatib, qiyom tayyorlang. Qiyom maromiga etgach, behi bo`laklarini qo`shasiz. So`ng 10 daqiqa o`rta olovda qaynatiladi. Maydalangan limon va yong`oqni qo`shib, aralashtiring. Shu holicha 12 soatga qoldiriladi. Murabbo yana bir marta 5 daqiqa qaynatilib, so`ng bankaga solinishi mumkin.

 

DESERT: SMETANA QO`ShAMIZ

  • 3 ta behi, 300 gr shakar, yarim st.suv, 2-3 osh qoshiq smetana.

Urug`idan tozalangan behini to`rt bo`lakka bo`ling. Sirli idishga solib, ustidan suv va shakarni qo`shing. Engil aralashtirgach, 1 soat davomida past olovda qaynatasiz. Mevasi hiyol ezilib pishgach, likopchaga solib, ustidan qiyomidan qo`shing. Dasturxonga tortishda yuzasiga smetana surtishni unutmang.

 

PIROG: ASAL +DOLChIN

  • Xamiriga: 3-4 osh qoshiq suv, 80 gr.saryog`, 60 gr.shakar, 1 osh qoshiq qirg`ichdan chiqarilgan limon po`sti, 200-250 gr.un
  • Ichiga: yarim kg. behi, bitta apelsin, 1 choy qoshiq dolchin, 2 osh qoshiq asal, 50 gr.maydalangan bodom, 100 gr.smetana, 2 dona tuxum.

Pishiriq korji uchun ajratilgan masalliqlarni aralashtirib, xamir tayyorlang. Pishiriq qolipiga moslab yoyib oling. Tozalangan behilarni paraklang. Quruq tovaga asal, shakar, dolchin va apelsin sharbatini solib, mevani qo`shing. Biroz yumshashi bilan olovdan olasiz. Smetana va tuxumni ko`pirtiring. Nachinkani xamir ichiga joylab, ustidan smetanali aralashmani soling-da, 35 daqiqaga gaz pechiga qo`ying.

 

 QIShGA KOMPOT

  • 2 kg.behi, har bir bankaga 1 piyoladan shakar, 3 litrli banka.

Tozalangan behilarni to`rtga bo`lib, paraklang. Sterillangan bankalarga to`g`ralgan behilarni joylab, ustidan shakar soling. So`ng qaynab turgan suv bilan to`ldiring. Qopqog`ini yopib, 15 daqiqa davomida bug`li vannada ushlang. So`ng berkitib olishingiz mumkin.

 

Sharhlar

​​Aholi salomatligi uchun mahsulotlar xavfsiz yoki zararli ekanligini ko`rsatuvchi belgilar bilan tamg`alanadi

11.11.2020, 21:22

"Aholining sog`lom ovqatlanishini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida" gi Prezident qarorida qayd etilishicha, oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida tuz, qand va yog` miqdori inson sog`lig`i uchun xavfsiz...
​Reklama tufayli xarid qilinadigan keraksiz 20 mahsulot

19.06.2017, 10:46

Hozir shunday zamonki, katta-kichik yorliqlar, reklama roliklari bizni betinim harid qilishga rag`batlantiradi. Gazeta, jurnal, televidenie, radio va har qadamda uchraydigan bannerlardagi ko`tarinki kayfiyat bag`ishlovchi gaplar,...
Turp: ozdiradi, yoshartiradi, qonni ko`paytiradi

12.01.2017, 15:07

Tanangiz madorsizlanayotganini sezayapsizmi, davosini uzoqdan axtarmang-da, uydagi bor mahsulotlarga diqqat qarating. Misol uchun, kuzda pishadigan qarsildoq turpga. U shamollashda asqotishini hammamiz bilamiz, ammo xotirani charxlashi,...
Hammasi mandarin haqida!

22.12.2016, 15:01

Yangi yil arafasida barchaga sevimli meva – mandarinlar dasturxonimizdan joy oladi. Xitoyda ushbu sitrus mevani tortiq qilish urfga kirgan bo`lib, aytishlaricha bunday sovg`a baxt va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1