AsosiyJinoyat

O`zbekistonning uchta hududida tanishlari orqali "prava" olib berishni va`da qilganlar ushlandi

'O`zbekistonning uchta hududida tanishlari orqali "prava" olib berishni va`da qilganlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqaro D.A. fuqaro M.S.ning haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo`ladigan imtihondan o`tkazib qo`yishi evaziga 450 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Shumanay tuman bo`limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.U. fuqaro M.K.ga go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 3 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Ellikqal`a tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro N.T. 3 nafar fuqaroga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga jami 750 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlanib, N.T. tomonidan 4,7 mln so`mning qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar