AsosiySiyosat

Polsha O`zbekistonga 4,5 mln dollarlik insonparvarlik yordami yubordi

'Polsha O`zbekistonga 4,5 mln dollarlik insonparvarlik yordami yubordi'ning rasmi

Polsha O`zbekistonga 449 ta sun`iy nafas berish apparatlarini beg`araz yubordi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Ma`lum qilinishicha, “Bellavista” IVL apparatlari Shveysariyada ishlab chiqarilgan bo`lib, bolalar va kattalar uchun mo`ljallangan. Ushbu zamonaviy tibbiyot texnikalari Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyati shifoxonalariga yuboriladi.

20 iyul kuni O`zbekistonga jo`natilgan uchta yuk mashinasida jami 449 ta shunday apparatlar bo`lib, ularning umumiy qiymati 4,5 million dollarni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar