1

Muhabbatning biz bilmagan 7 bosqichi

SUG'DIYONA 18.10.2016, 10:38
Teglar: Oila, Er-xotin
Muhabbatning biz bilmagan 7 bosqichi

Haqiqiy sevgiga osonlikcha erishilmaydi. Buni ayrim insonlar yaxshi tushunib, jufti bilan o`rtasidagi muhabbat olovi yanada gurillab yonishi uchun tinmay harakat qiladi. Boshqalar esa befarqligi tufayli mehr cho`g`ining so`nishiga sabab bo`ladi. Bir boqishda yuzaga kelgan muhabbatni haqiqiy emas, deya da`vo qilmaymiz, lekin asl oshiqlar yillarning turli bo`ronidan eson-omon o`tgan juftliklar ekanini tan olish kerak. Keling, yaxshisi, bir boshidan boshlaymiz. Muhabbatning bosqichlari bilan tanishib chiqamiz...

 

1. Es-hushidan ayrilish bosqichi. Bu odatda bir-bir yarim yil davom etadigan davr sanaladi. Aynan shu vaqtda sevishganlar bir-birining kamchiligini umuman ko`rmaydi. Chunki organizm his-tuyg`ularning bunday junbushga kelishiga javoban endorfin va oksitosin gormonlarini ishlab chiqaradi. U esa o`z navbatida, voqeliklarga real nigoh bilan boqish va fikrlash qobiliyatlarini to`xtatib qo`yadi. Bu jarayon odatda ikki yoshning to`yi bilan yakun topadi. Samolarda orzulari qanotida parvoz qilayotganlarning erda nimalar bo`layotgani qiziqtiradi, deb o`ylash qanchalik noto`g`ri. Niyatimiz, bu juftlikning parvozi uzo-o-oq davom etsin!

 

2. «To`yish» bosqichi. Birga yashash yoki vaqtning ko`p qismini birga o`tkazish natijasida ehtiroslar biroz pasayadi. Endi sevimli yoringizni ko`rganingizda yuragingiz qinidan chiqqudek hapqirmay qoladi. Gaplashishga mavzu topilmasligi hamda kamchiliklarning sezila boshlashi bu davrning asosiy belgilaridan. Aslida, juftingiz sizdan o`z nuqsonlarini bekitmagan, buni siz ilg`amagansiz, xolos! Aksariyat juftliklar muhabbatning bu bosqichiga ahamiyat berishmaydi. U vaqti-vaqti bilan birinchi davr bilan almashib turishi mumkin. Odatda birinchi farzand aynan shu pallada dunyoga keladi.

 

3. Ko`ngil qolish — juftlik uchun sinovlarga to`la murakkab davr. Samodagi parvoz allaqachon tugagan, er-xotinning har birida xudbinlik gullab yashnayotgan bu chog`da juftining fazilatlari ham kamchilikdek ko`rinaveradi.  Afsuski, haqiqiy muhabbatga erishaman deganlar aynan shu qiyin davrdan o`tmay iloji yo`q. Kimdadir bu davr bir necha hafta yoki oy davom etsa, boshqalarda yillarga cho`zilib ketishi mumkin. Bahs, munosabatlarga oydinlik kiritish, bir-birining qanchalar nohaq, o`zi esa haqligini isbotlash uchun ketadigan vaqtingizga achining! Unga qo`shilib o`rtadagi parda ko`tariladi, mehr va hurmat yo`qoladi. Ajrimlarning aksariyati aynan shu davrda amalga oshiriladi, tinimsiz davom etayotgan janjallar «Biz ikki xil olamning odamlarimiz, birga yasholmaymiz», degan fikrni yuzaga keltiradi. Bu jarayon keyingi turmushda ham yuzaga kelishi turgan gap. Qiyinchilikdan bir marta o`tolmagan odam ikkinchisida muvaffaqqiyat qozonishi amri mahol...

 

4. «Pasayish» pallasi. Taqdirga tan berganidan yoki bir-birini yo`qotishdan qo`rqqanidanmi, juftlik hamon birga... Bo`ronlar to`xtagan, er-xotin endi bo`lar-bo`lmasga bahslashishni o`ziga ep ko`rmaydi. Shuningdek, yoningizdagi odam ham shaxs ekanligi, uning o`ziga yarasha kamchilik va yaxshi xislatlari borligini tushunasiz. Asosiysi, juftini o`ziga moslashtirish fikridan qaytilgan bo`ladi. Har bir masalaga kelishuv va suhbat orqali echim topish mumkinligini o`z tajribalarida sinab ko`rishadi. Bu jang maydonidan ko`ra samarali ekanligini tan olishadi. Er-xotin kechirimli bo`lish, tushunish va sabr qilishni aynan shu davrda o`rganadi. Ayol kishi tabiatan moslashuvchan, u og`ir-bosiqligi bilan eriga namuna bo`lishi mumkin. 

 

5. Fidokorlik. Bundan avvalgi bosqichlarda er-xotin bir-biriga biror yaxshilik qilganida unga javob qaytarilishini kutgan bo`lsa, bu davrda jufti uchun shunchaki xolis xizmat qilish istagi tug`iladi. Axir qadrli va yuragingga yaqin insonga mehringni bildirging keladi-da... Beminnat yaxshilik qilishni ongli ravishda va o`z xohishiga ko`ra amalga oshirilishi juftlikka birdek yoqimli bo`ladi.

 

6. Do`stlik. Endi juftlik bir-birini so`zsiz tushunadi, hurmat qiladi. Axir ular hayotning baland-pastidan o`tib, achchiq-chuchugini birga totishdi. Qanchadan-qancha sinovlardan eson-omon o`tishdi. Bir-birining fe`l-atvori, xohish-istaklarini besh qo`ldek bilishadi, bahsli vaziyatlardan janjalsiz chiqa olishadi. Birgalikda vaqt o`tkazishni xush ko`radilar, zerikish nimaligini bilishmaydi. Odatda bu davrga kelib, farzandlar ulg`aygan, er-xotinning tashvishi esa kamaygan bo`ladi.

 

7. Muhabbat. Insonga berilgan ne`matlar orasidagi eng qadrlisi — ASL IShQqa erishishga loyiq bo`lish lozim. Buning uchun tinimsiz mehnat va sabr kerak. Ko`z qarashidan bir-birini tushunish, ruhiy birdamlik, cheksiz hurmat, mana, bu — muhabbat! Afsuski, bu bosqichga etish hammaga ham nasib etavermaydi. Chunki ungacha yoningdagi insonni borligicha qabul qilish, uni e`zozlash, xolis xizmat qilish, kamchiliklarini fazilat deya qabul qilishni o`rganish kerak. O`tkinchi his-tuyg`ularga aslo joy yo`q. Bu vaqtda juftlik bir butunga aylanib, bir havoda nafas olayotganidan, shunchaki yonida ekanligidan xursand bo`ladi.

 

Keksalik gashtini birgalikda surayotgan, bir-birini aql bovar qilmas darajada e`zozlaydigan er-xotinlarni ko`p bora ko`rganmiz. Ularning suhbatlashishiga hech ahamiyat berganmisiz, biri ikkinchisining gapiga qarshi fikr bildirmaydi, aksincha qo`llab-quvvatlaydi. Yuzida tabassum bilan juftiga boqadi. Ularga qarab, beixtiyor o`zingizga ham xuddi shunday baxt tilaysiz. Unutmang,  bu insonlar turmushining birinchi kunlaridanoq baxtli bo`lib qolmagan, ular o`z sevgisini yillar davomida avaylab-asrab, yuqorida sanalgan bosqichlardan birgalikda bosqichma-bosqich o`tkanliklari uchun ham shunday baxtiyor.

Ruhshunoslarning ta`kidlashicha, er-xotin o`zaro do`stlashib, bir-birini hurmatlashni o`rganishi uchun kamida 7-10 yil kerak bo`lar ekan. Undan keyin asta-sekinlik bilan muhabbat ham keladi. Har birimizga ASL IShQqa erishish nasib qilsin!

DILNOZA tayyorladi. 

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Er-xotin 5 bosh qo`y o`g`irlab qo`lga tushdi

03.12.2019, 10:59

 Poytaxtimizning Mirobod tumanida yashovchi fuqaro H.N. Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, 29 noyabrga o`tar kechasi o`ziga tegishli «Gulobod» mahalla fuqarolar yig`ini...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1