Poytaxtimizning Mirobod tumanida yashovchi fuqaro H.N. Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, 29 noyabrga o`tar kechasi o`ziga tegishli «Gulobod» mahalla fuqarolar yig`ini hududida joylashgan dala hovlisidan 5 bosh qo`y o`g`irlab ketilganligi ma`lum qildi.
Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni «Gulobod» mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi S.T. va uning xotini M. B. sodir etgani aniqlandi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilyapti, deyilgan "postda.uz" xabarida.