Antuan Grizmann Saudiya Arabistonidan katta taklif oldi. Jurnalist Ashraf Ben-Ayadning yozishicha, yaqinda "Al-Hilol" Atletiko forvardiga yiliga 40 million evro to`lashga tayyor ekanliklarini ma`lum qilgan. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.
32 yoshli fransiyalik futbolchiga avvalroq «Al-Nasr» ham qiziqish bildirayotgan edi.
Grizmann o`tgan mavsumda La Liganing 38 o`yinida 15 ta gol urgan.