AsosiyJamiyat

Yil yakuniga qadar O`zbekistonda 1 million aholi kambag`allikdan chiqarilishi kutilmoqda

Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O`zbekistonning kambag`allik darajasi to`...

'Yil yakuniga qadar O`zbekistonda 1 million aholi kambag`allikdan chiqarilishi kutilmoqda'ning rasmi

Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O`zbekistonning kambag`allik darajasi to`g`risidagi statistikani e`lon qildi.

Mamlakatda bugungi kunda 1 million 307 ming 800 ta kambag`al oila mavjud, bo`lib kambag`allik daraja 14,1 foizni tashkil  etgan.  Yil yakunida 14,1 foizdan 12 foizga, ya`ni 1 million 307 ming 800 dan 1 million 180 ming oilaga qisqarishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, o`tgan yili bu ko`rsatkich 17,1 foizn tashkil etgan.

2023 yilning dekabr oyiga kelib, 130 mingga yaqin oila, ya`ni 1 million aholi kambag`allikdan chiqarilishi kutilmoqda. 

Respublikadagi 208 ta shahar va tumanlar 5 ta toifaga ajratilgan bo`lib, bunda 20 ta 5 toifa sifatida e`tirof etilgan.

    Boshqa yangiliklar