AsosiyJamiyat

Anomal issiq sabab O`zbekistonda poezdlar tezligiga cheklovlar o`rnatiladi

'Anomal issiq sabab O`zbekistonda poezdlar tezligiga cheklovlar o`rnatiladi'ning rasmi

Yo`lovchilar va poezdlar harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida, O`zbekistonda poezdlar harakat tezligiga cheklovlar o`rnatiladi.  Buning natijada poezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi mumkin.   Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Cheklovga ayni kunlarda Respublika hududida keskin anomal issiq ob-havo kuzatilayotgani sabab qilib ko`rsatilgan.

Ma`lum qilinishicha, harorat ko`tarilishi natijasida er usti temir yo`llarining relslari hamda ularning po`lat qismlarida harorat juda yuqori bo`ladi.  

️Harakat tezligiga cheklovlar o`rnatilgan poezdlarda esa sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ o`z mijozlaridan, anomal issiqlik tufayli yuzaga kelishi mumkin bo`lgan noqulayliklar uchun uzr so`ramoqda.

 

    Boshqa yangiliklar