Avval xabar qilganimizdek, 24 iyul kuni 32 yoshli ayol Toshkentdagi ko`p qavatli uyning liftiga kirib, vafot etgan.
Ayni paytda Bosh prokuratura tomonidan taqdim etilgan yangi ma`lumotlarga ko`ra, ushbu lift 4 kun davomida ishlamayotganligi sababli, ayolning murdasi liftni ichida qolib ketgan.
26 iyul kuni marhumaning yaqin qarindoshlari ayolni topib berish yuzasidan ichki ishlar idorasiga murojaat qilishgan. 27 iyul kuni uy yashovchilari tomonidan marhuma ayol lift ichidan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan prokuratura tekshirish o`tkazishni boshlagan.
"Shu orada, Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi, e`tibor bering "28 iyul kuni mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o`rganilganida, lift qurilmasining xavfsizlik moslamalari ishchi holatdaligi yuzasidan birlamchi ko`rik ishlari amalga oshirildi va ularni ishchi holatdaligi aniqlandi" deb rasmiy munosabat bildirgan.
Vaholanki, lift 24-28 iyul kunlari ishlamayotganligini voqea guvohlari, uy yashovchilari o`z tushuntirishlarida, shuningdek, voqea joyida xolis surishtiruv olib borgan ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlarning videoreportajlarida to`liq o`z tasdig`ini topgan", - deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.